«Amina» ilovasi — bu Moskva va Moskva viloyatida vizasiz tartibda kelgan xorij fuqarolarini raqamli migratsiya hisobiga olish (registratsiya qilish) va nazorat qilish uchun yaratilgan rasmiy davlat mobil ilovasidir. Ilova O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston fuqarolari uchun majburiydir
1. Ilovaning asosiy vazifasi nima?
Masofaviy registratsiya: Ilova uy egasi MFTs/MVD idoralariga bormasdan, yashash joyini to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi. Bu uy egalarining migrantlarni ro‘yxatga qo‘yish majburiyatini bekor qiladi. Xonadon egasining MFTsga borishi yoki uning rozilik imzosi kerak emas. Ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiyati to‘liq migrantning o‘ziga yuklanadi.
Geolokatsiya nazorati: Ilova migrantning haqiqiy turgan joyini (geolokatsiyasini) avtomatik tarzda Rossiya IIV (MVD) bazasiga uzatib turadi. Bu ko‘rsatilgan manzil bilan haqiqiy yashash joyi mos kelishini tekshirish uchun xizmat qiladi.
2. Ilovani kimlar o‘rnatishi shart?
Migratsiya kartasida kelish maqsadi «Rabota» (Ish) deb ko‘rsatilgan va patent bilan yoki YeOII (YeAES) shartnomasi asosida ishlayotgan barcha mehnat migrantlari.
Rossiyada 90 kundan ortiq qolishni rejalashtirgan boshqa toifadagi bezvizoviy xorijliklar (talabalar, RF fuqarolarining qarindoshlari va h.k.).
Kimlarga majburiy emas: RFda RVP (vaqtincha yashash huquqi), VNJ (yashash guvohnomasi) bo‘lganlarga, Belarus fuqarolariga va 18 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarga.
