Namoz vaqtlari
Shahringizni tanlang va bugungi (25-oktabr, 2026) namoz vaqtlarini ko‘ring.
Rossiya hududida namoz o‘qish va tahorat olishda xavfsizlik hamda qonun ustuvorligini ta’minlash
- 1
Ko‘cha, metro, bozor, parklar, vokzallar va savdo markazlari yo‘laklarida namoz o‘qish qat’iyan taqiqlanadi. Bu mahalliy aholida tushunmovchilik va xavfsirash uyg‘otadi. Namozni faqat rasmiy masjidlar, namozxonalar yoki o‘zingiz yashab turgan uyda (ijarahonada) o‘qing.
- 2
Ish joyida namoz o‘qishdan oldin brigadir yoki direktor bilan albatta kelishib oling. Namoz vaqti ish unumdorligi va ish jarayoniga umuman ta’sir qilmasligi kerak.
- 3
Juma namozi tugashi bilan masjid atrofida guruh-guruh bo‘lib turmasdan, tezda tarqalish zarur. Bu politsiya diqqatini tortishning oldini oladi.
- 4
Telefoningizda (Telegram, YouTube, Instagram, WhatsApp) noma’lum yoki shubhali diniy ma’ruzachilarning audio, video va matnlarini aslo saqlamang. Rossiyada taqiqlangan ekstremistik materiallar ro‘yxati juda keng.
