SOS
Barcha mavzular

Migratsiya kartasi nima

Migratsiya kartasi yoki Migratsionnaya karta — bu Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib o‘tayotganda, ya’ni aeroportda, poezdda yoki quruqlikdagi nazorat punktida xorij fuqarosiga beriladigan va uning Rossiyaga qonuniy kirganini tasdiqlovchi eng asosiy hujjatdir. U ikki qismdan, ya’ni A va B qismlaridan iborat bo‘lgan kichik oq qog‘oz shaklida bo‘ladi. Chegaradan o‘tishda uning bir qismi chegarachilarda qoladi, ikkinchi qismi esa muhr bosilib migrantga beriladi.

Migratsiya kartasi nima uchun kerak

Bu hujjatsiz Rossiyada hech qanday rasmiy ish qilib bo‘lmaydi. U quyidagilar uchun majburiy hisoblanadi:

  • Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish ya’ni Registratsiya uchun
  • Mehnat patenti olish uchun

Sizning Rossiya hududida qonuniy yurganingizni tekshirayotgan politsiya xodimlariga ko‘rsatish uchun.

Agar Rossiyada ishlamoqchi bo‘lsangiz, bu ustunda faqat va faqat RABOTA so‘zi belgilangan bo‘lishi shart. Agar siz migratsiya kartasiga tsel viezda qismida maqsadni ucheba yoki turizm deb belgilagan bo‘lsangiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, vizasiz kiradigan xorijliklar mamlakatdan chiqib ketmasdan turib maqsadni o‘zgartira oladilar.

Buning uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak:

Chegarani kesib o‘tgan kuningizdan boshlab 30 kalendar kun ichida patent olish uchun Ko‘p tarmoqli migratsiya markaziga ya’ni MMTsga yoki MVDning migratsiya bo‘limiga murojaat qiling.

Patentga hujjat topshirayotganda arizada maqsadni Ish ya’ni Rabotaga o‘zgartirishni ko‘rsatasiz.

Sizning qog‘oz migratsiya kartangiz o‘zingizda qoladi va unga hech narsa yozilmaydi, lekin MVDning elektron bazasida maqsadingiz Ish deb yangilanadi.

Muhim cheklov: Agar siz Rossiyaga kelganingizga 30 kundan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, sizga patent berishni rad etishlari yoki jarima solinadi. Bunday holatda maqsadni o‘zgartirishning yagona yo‘li — chegaraga borib, kirib-chiqish ya’ni viezd-v’ezd qilish va yangi migratsiya kartasiga boshidanoq Rabota deb yozishdir.