SOS
Huquq

Novosibirskda tibbiy ko'rik narxi 3 barobarga oshdi: migrantlar nimalarga duch kelmoqda?

Novosibirskda tibbiy ko'rik narxi 3 barobarga oshdi: migrantlar nimalarga duch kelmoqda?

Rossiya IIVning Novosibirskdagi Pasport-viza markazi (PVS) filialida tibbiy ko'rikdan o'tish narxlari keskin oshgani ma'lum bo'ldi. Migrantlarning so'zlariga ko'ra, agar avval ushbu xizmat 4300 rublni tashkil etgan bo'lsa, hozirda bu summa qariyb 14 ming rublga yetgan.

Markaz mijozlari xizmat narxi bilan bir qatorda tashkilotdagi tartib-qoidalar, navbatlarning ko'pligi va xodimlar munosabatidan shikoyat qilishmoqda. Xususan, tashrif buyuruvchilar binoga kirish qat'iy nazorat qilinishi, ichkarida telefon ishlatish taqiqlangani va ba'zi hollarda yaqinlar bilan bog'lanish qiyinlashganini ta'kidlashgan. Shuningdek, xizmat ko'rsatish muddatlari cho'zilib ketayotgani, hujjatlar tayyor bo'lishi uchun bir necha bor qaytib kelishga to'g'ri kelayotgani aytilmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Pasport-viza markazi va tibbiy xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar bir manzilda (Yesenin ko'chasi, 1G) joylashgan bo'lsa-da, ular turli yuridik shaxslar hisoblanadi. Markaz operatorlari mijozlarga avval inspektordan 500 rubl evaziga yo'llanma olishni, so'ngra tibbiy ko'rikdan o'tishni tavsiya qilmoqda. Biroq, ko'plab migrantlar amalda xizmat narxi va jarayonning shaffofligi bo'yicha noaniqliklar saqlanib qolayotganidan norozi.

Ta'kidlash joizki, ushbu markazga tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari cheklangan va bino atrofida zarur infratuzilma yetarli emas. Hozirgi vaqtda jurnalistlar va jamoatchilik vakillari markaz ma'muriyatidan narxlar siyosati hamda xizmat ko'rsatish tartibi bo'yicha rasmiy izoh kutmoqda.

10.09.202623