SOS
Huquq

Xorijda ishlayotgan ayollar uchun yordam ko‘rsatish tartibi ma’lum qilindi

Xorijda ishlayotgan ayollar uchun yordam ko‘rsatish tartibi ma’lum qilindi

Xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan va turli murakkab vaziyatlarga duch kelgan ayollar uchun Migratsiya agentligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu yordamlar 9 ta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi.

Jumladan, vatanga qaytish, tibbiy va huquqiy maslahatlar olish, vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlanish hamda yo‘qolgan hujjatlarni tiklash kabi masalalarda ko‘mak beriladi. Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay qolgan ish haqi va kompensatsiyalarni undirishda ham yordam ko‘rsatiladi.

Qiyin ahvolda qolgan fuqarolar sutka davomida ishlaydigan 1282 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Migratsiya agentligi bilan bog‘lanishlari mumkin. Bundan tashqari, tezkor huquqiy maslahatlar uchun Telegram tarmog‘idagi @huquqiyyordamuzbot manziliga murojaat qilish imkoniyati mavjud.

Mutaxassislar xorijda ishlayotgan vatandoshlarga ushbu ma’lumotlarni saqlab qo‘yishni va zarurat tug‘ilganda tegishli idoralarga o‘z vaqtida murojaat qilishni tavsiya etishadi.

17.08.202610