SOS
Aloqa

Novgorodda noqonuniy sim-boks qurilmalaridan foydalangan O'zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

Novgorodda noqonuniy sim-boks qurilmalaridan foydalangan O'zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

Buyuk Novgorod shahar IIB tergov boshqarmasi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 274.3-moddasi 3-qismi (abonent terminalidan noqonuniy foydalanish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu ish doirasida 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Operativ tadbirlar mintaqaviy Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-iyunidan 21-iyuliga qadar gumonlanuvchi shahar hududidagi to‘rtta turar joyda internet-trafikni mobil aloqaga aylantiruvchi qurilmalarni o‘rnatgan va ularning ishlashini ta’minlagan. Ushbu texnik vositalar firibgarlarga Rossiya mobil operatorlari raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabarlar yuborish imkonini bergan.

Qo‘lga olingan shaxs ushbu faoliyati uchun haftasiga taxminan 17 ming rubl miqdorida haq olib turgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuv jarayonida ikkita GSM-shlyuz, noutbuk, telefon va boshqa texnik jihozlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Sud qarori bilan gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda, uning doirasida jinoyatning barcha tafsilotlari, sxemaga aloqador boshqa shaxslar hamda firibgarlik harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar aniqlanmoqda.

19.08.20264