Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda A.Gorchakov nomidagi jamoat diplomatiyasi jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Sergey Orlov ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda yangi texnologik yechimlarni joriy etish va sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani shakllantirish ishlari faol olib borilmoqda. Rossiya tomoni ushbu jarayonlarni kuzatib bormoqda va ikki davlat o‘rtasida raqamlashtirish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelgusi yilda Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo maktabi” ilmiy-ta’lim dasturini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu tashabbuslar ikki mamlakat o‘rtasidagi texnologik va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.









