Krasnogorsk shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish bo'yicha reyd o'tkazildi. Tekshiruvlar qurilish obyektlari hamda xorijlik fuqarolar yashaydigan manzillarda amalga oshirildi. Tadbirda IIVning ekstremizmga qarshi kurashish markazi xodimlari, Rosgvardiya hamda xalq drujinalari ishtirok etdi.
Reyd natijalariga ko'ra, migratsiya qoidalarini buzgan 51 nafar xorijlik fuqaro politsiya bo'limiga olib ketildi. Ularning 35 nafari Rossiyaga kirish tartibi yoki bo'lish rejimi qoidalarini buzganligi aniqlandi. Ushbu shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.8-moddasi 3.1-qismi bo'yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ushbu modda qoidabuzarlarni mamlakat hududidan chiqarib yuborishni nazarda tutadi.
Shuningdek, yana 16 nafar xorijlik fuqaro Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.8-moddasi 3-qismi bo'yicha ma'muriy javobgarlikka tortildi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, bunday tekshiruvlar hududda migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish va huquq-tartibotni ta'minlash maqsadida muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.









