SOS
Deportatsiya

Moskvada 10 nafar migrant noqonuniy ishlagani uchun deportatsiya qilinadi

Moskvada 10 nafar migrant noqonuniy ishlagani uchun deportatsiya qilinadi

Moskva shahar IIB Migratsiya masalalari boshqarmasi xodimlari poytaxtning g'arbiy va shimoli-sharqiy qismlaridagi qurilish obyektlarida nazorat tadbirlarini o'tkazdi. Tekshiruvlar davomida zamonaviy texnik vositalar yordamida binolarning tomlari va boshqa yashirin joylarida ishlayotgan shaxslar aniqlandi.

Reyd natijasida Rossiya hududida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 10 nafar migrant qo'lga olindi. Ularning har biriga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.10-moddasi 3-qismi bo'yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Sud qaroriga ko'ra, ushbu shaxslarga jarima jazosi tayinlandi va ularni Rossiya Federatsiyasi hududidan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish (deportatsiya) belgilandi. Hozirda xorijlik fuqarolar Rossiya IIBning xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

Shuningdek, migrantlarni noqonuniy ishga jalb qilgan tashkilot vakillariga nisbatan ham ma'muriy ish qo'zg'atildi. Hozirda ushbu korxonada Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.15-moddasi 4-qismi bo'yicha tekshiruv va ma'muriy surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Rasmiylar noqonuniy migratsiyani tashkil etish yoki tizimli qonunbuzarliklarga yo'l qo'ygan ish beruvchilar Rossiya Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatib o'tdi.

30.10.20261