SOS
Deportatsiya

Krasnoyarsk o'lkasida 28 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuborilishi kutilmoqda

Krasnoyarsk o'lkasida 28 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuborilishi kutilmoqda

Krasnoyarsk o'lkasi huquqni muhofaza qilish organlari o'tgan hafta davomida o'tkazilgan nazorat tadbirlari natijalarini e'lon qildi. Reydlar davomida 160 dan ortiq savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, qurilish maydonchalari hamda xorijliklar yashaydigan manzillar tekshirildi.

Tekshiruvlar natijasida jami 111 ta ma'muriy huquqbuzarlik aniqlangan. Xususan, xorijlik ishchilarni noqonuniy jalb qilgan ish beruvchilarga nisbatan 39 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, xorijliklarni noqonuniy tarzda uyida ro'yxatdan o'tkazgan ikki nafar mahalliy fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan bo'lib, ularga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Qayd etilishicha, 28 nafar migrant belgilangan muddatda mamlakatdan chiqib ketmagani uchun ularni majburiy tartibda chiqarib yuborish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, migratsiya qoidalarini buzgan 193 nafar xorijlik uchun Rossiyaga kirish 3 yildan 5 yilgacha muddatga taqiqlandi. Yana 52 nafar chet el fuqarosining vaqtincha bo'lish muddatlari qisqartirildi.

Mutaxassislar migrantlarga migratsiya qonunchiligiga rioya qilishni, ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni hamda yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tish hujjatlarini doimiy nazoratda saqlashni eslatib o'tadi.

01.10.20261