SOS
Deportatsiya

Moskva viloyatida migratsiya qoidalari bo‘yicha reydlar o‘tkazildi

Moskva viloyatida migratsiya qoidalari bo‘yicha reydlar o‘tkazildi

Rossiya IIV axborot manbalarida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva viloyati hududida huquq-tartibot organlari tomonidan migratsiya qonunchiligi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi reydlar tashkil etildi. Tadbirlar davomida xorijiy fuqarolarning mamlakatda bo‘lish qoidalari va mehnat faoliyatini amalga oshirish tartiblari tekshirildi.

Tekshiruvlar natijasida jami 113 ta migratsiya qonunchiligi buzilishi holati qayd etilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Rossiyada vaqtincha istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga o‘z hujjatlarini, jumladan, ro‘yxatdan o‘tish (propiska) va ishlash uchun ruxsatnomalarni qonuniy talablarga muvofiq holda saqlash hamda muddatlarini o‘z vaqtida uzaytirish tavsiya etiladi.

16.08.20260