SOS
Deportatsiya

Nijniy Novgorodda noqonuniy ishchi yollagan kafe faoliyati to‘xtatildi

Nijniy Novgorodda noqonuniy ishchi yollagan kafe faoliyati to‘xtatildi

Nijniy Novgorod viloyati bo‘yicha Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati boshqarmasi xabariga ko‘ra, Sormovo tumanidagi tezkor ovqatlanish shoxobchalaridan birining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bunga muassasa egasining xorijiy fuqarolarni noqonuniy ravishda ishga qabul qilgani sabab bo‘lgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, kafe egasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Sud qaroriga binoan, savdo paviloni 14 sutka muddatga yopildi. Ijro harakatlari davomida binodagi elektr ta’minoti uzilib, oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqib ketildi.

Sud ijrochilari muassasa eshiklarini muhrlab, xodimni sud qarorini buzganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi. Jazoni ijro etish muddati davomida mas’ul xodimlar ushbu manzilga muntazam ravishda nazorat tekshiruvlarini o‘tkazib boradi.

16.08.20260