SOS
Deportatsiya

Novosibirsk viloyatidan 7896 nafar migrant chiqib ketdi: mavsumiy ishlar yakunlanmoqda

Novosibirsk viloyatidan 7896 nafar migrant chiqib ketdi: mavsumiy ishlar yakunlanmoqda

Novosibirsk viloyati IIV bosh boshqarmasi rahbari Andrey Kulkov hukumat yig'ilishida hududdagi migratsiya holati bo'yicha yangi statistikani ma'lum qildi. Unga ko'ra, bir hafta davomida viloyatdan 7896 nafar xorij fuqarosi chiqib ketgan, hududga kirib kelganlar soni esa 6879 nafarni tashkil etgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bu holat mavsumiy ishchilarning yozgi mehnat faoliyatini yakunlab, o'z yurtlariga qaytishi bilan bog'liq. Taqqoslash uchun, 2025-yilning aprel oyida vaziyat aksincha bo'lgan: o'sha vaqtda hududga 8017 nafar xorijlik kirib kelgan, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 2800 nafarga ko'p edi.

Ixtiyoriy chiqib ketish bilan bir qatorda, hududda nazorat tadbirlari ham davom etmoqda. 2026-yil boshidan buyon 1,5 ming nafar xorij fuqarosi Rossiya hududidan majburiy tartibda chiqarib yuborilgan. Yaqinda o'tkazilgan reydlar davomida uchta turar joy va beshta qurilish obyektida 213 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 67 nafar shaxsga nisbatan deportatsiya qilish to'g'risida qaror qabul qilingan. Hozirgi kunda ulardan 50 nafari Rossiya hududidan amalda chiqarib yuborilgan.

24.09.20261