SOS
Deportatsiya

Novosibirskda migrantlar uchun navbatdagi reyd o‘tkazildi

Novosibirskda migrantlar uchun navbatdagi reyd o‘tkazildi

Novosibirsk garnizoni harbiy tergov bo‘limi xodimlari hamda Rossiya IIV vakillari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tekshiruvlar «Aziya-Sibir» sabzavot bozorida amalga oshirilib, unda o‘ndan ortiq rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Reyd davomida Rossiya fuqaroligini olgan, biroq harbiy hisobga turishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni aniqlashga e’tibor qaratildi. Tekshiruv jarayonida jami 87 nafar migrant tekshiruvdan o‘tkazildi. Ulardan 12 nafari harbiy komissariatga olib borilib, belgilangan tartibda harbiy hisobga qo‘yildi.

Shuningdek, harbiy xizmatga chaqiruv punktlari vakillari tomonidan mazkur shaxslarga shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli ma’lumotnomalar tarqatildi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bunday tekshiruvlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Tekshiruv vaqtida bozor hududi to‘liq nazoratga olingani sababli hech kim hududdan chiqib keta olmagan. Rasmiy idoralar vakillari tekshiruvlar davomida aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

16.08.20260