Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Ichki ishlar bosh boshqarmasining xavfsizlik xizmati xodimlari Primorsk tumanidagi 25-politsiya bo‘limi navbatchisi yordamchisini qo‘lga oldi. Bu haqda 13-avgust kuni ma’lum qilindi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, politsiya xodimi deportatsiya jarayoniga tayyorlanayotgan ikki nafar xorijlik fuqarodan pul mablag‘i olganlikda gumon qilinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xodim har bir shaxsdan 15 ming rubl miqdorida pul olgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni damda gumonlanuvchi ikki sutkaga hibsga olingan va tergov harakatlari davom etmoqda.









