SOS
Deportatsiya

Pichoqbozlikda qatnashgan 7 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi

Pichoqbozlikda qatnashgan 7 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi

Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida joylashgan Dybenko ko'chasidagi savdo-ko'ngilochar majmuasi yaqinida pichoqbozlik bilan yakunlangan janjal yuz berdi. Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo'yicha bosh boshqarmasi xabariga ko'ra, voqea 21-sentabrga o'tar kechasi sodir bo'lgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, erkaklar o'rtasidagi kelishmovchilik qarz masalasi sababli yuzaga kelgan. Mojaro davomida ishtirokchilardan biri pichoq bilan jarohatlangan. Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan 22 yoshdan 33 yoshgacha bo'lgan 7 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarosi qo'lga olindi.

Qo'lga olinganlar orasida bilagidan jarohat olgan shaxs ham bo'lib, u shifoxonaga yotqizilgan va uning ahvoli qoniqarli deb baholangan. Tekshiruv davomida guruh a'zolaridan birida pichoq borligi aniqlangan, shuningdek, ikki kishi Rossiya migratsiya qonunchiligini buzib, mamlakatda noqonuniy yashab kelayotgani ma'lum bo'lgan.

Ushbu hodisa ishtirokchilarining barchasini Rossiya hududidan chiqarib yuborish to'g'risida qaror qabul qilindi. Ayni damda ulardan 5 nafari o'z vataniga jo'natilgani xabar qilinmoqda.

24.09.20262