SOS
Deportatsiya

Podolskda 60 dan ortiq migrant jarimaga tortilib, Rossiyadan chiqarib yuborilmoqda

Podolskda 60 dan ortiq migrant jarimaga tortilib, Rossiyadan chiqarib yuborilmoqda

Rossiya IIVning Moskva viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari Podolsk shahar okrugida migratsiya nazorati bo'yicha tezkor-profilaktik tadbirlarni o'tkazdi. Tekshiruvlar davomida Lvovskiy mikrorayonining Novoselki qishlog'ida joylashgan omborxona majmuasida ishlayotgan 90 nafar xorijlik fuqaroning hujjatlari tekshirildi.

Tekshiruv natijalariga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 60 dan ortiq shaxs Rossiya Federatsiyasida bo'lish tartibini buzganligi aniqlandi. Ushbu fuqarolarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.10-moddasi bo'yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Har bir huquqbuzar 5 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududidan mustaqil ravishda nazorat ostida chiqib ketish (deportatsiya) majburiyati bilan chiqarib yuborilishi belgilandi.

Migrantlarga o'z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish va Rossiya qonunchiligida belgilangan mehnat faoliyati tartiblariga qat'iy rioya qilish tavsiya etiladi.

19.09.20261