SOS
Deportatsiya

Saratovda 28 nafar migrant noqonuniy yashagani uchun deportatsiya qilinishi mumkin

Saratovda 28 nafar migrant noqonuniy yashagani uchun deportatsiya qilinishi mumkin

Saratov viloyatida huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida xorijlik ishchilarni olib ketayotgan sayyohlik avtobusi to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida avtobusdagi 60 nafar yo‘lovchidan 28 nafari Rossiya hududida bo‘lish qoidalarini buzgan holda yashayotgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, avtobus haydovchilari tekshiruvlardan qochish maqsadida yo‘l-patrul xizmati postlarini aylanib o‘tishga uringan. Transport vositasi Krasnodar o‘lkasidan kelayotgan bo‘lgan. Hozirgi vaqtda qoidalarni buzgan 23 nafar xorijlik fuqaroga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Haydovchilarga nisbatan ham tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shu bilan birga, Rossiyada migratsiya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirilmoqda. Xususan, Kaliningrad shahrida bir xonali kvartiraga 22 nafar xorijlikni soxta ro‘yxatdan o‘tkazgan mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu qilmish uchun ayblanuvchiga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Migrantlarga o‘z hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va yashash manzilida haqiqatda istiqomat qilish muhimligini eslatib o‘tamiz. Qonuniy hujjatlarsiz ishlash yoki soxta ro‘yxatdan o‘tish Rossiyadan deportatsiya qilinish va kelgusida mamlakatga kirish taqiqlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

03.09.202611