SOS
Deportatsiya

Solnechnogorskda 59 nafar migrant ushlandi: ularni jarima va deportatsiya kutmoqda

Solnechnogorskda 59 nafar migrant ushlandi: ularni jarima va deportatsiya kutmoqda

Rossiyaning Solnechnogorsk shahridagi omborxonalardan birida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan «Nelegal-2026» maxsus tadbiri o'tkazildi. Tekshiruvlar jarayonida Rossiya Federatsiyasi hududida tegishli hujjatlarsiz yashab, mehnat faoliyatini olib borayotgan 59 nafar chet el fuqarosi aniqlandi.

Aniqlanishicha, ushlanganlarning 32 nafari noqonuniy ravishda mehnat qilgan. Tekshiruv davomida xorijliklarning ayrimlari rus tilini bilmasligi, boshqalari esa hujjatlari yo'qligi yoki ularni o'zi bilan olib yurmaganini ma'lum qilgan. Xususan, fuqarolardan biri 28-avgust kuni ishlash maqsadida kelgan bo'lsa-da, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmagani aniqlangan.

Qoidabuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 18.8 va 18.10-moddalari bo'yicha choralar ko'rilmoqda. Unga ko'ra, ushbu shaxslar 5 000 dan 7 000 rublgacha jarimaga tortilib, Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Shuningdek, noqonuniy ishchilarni yollagan ish beruvchi kompaniyaga nisbatan ham tergov harakatlari boshlangan. Agar tashkilotning aybi tasdiqlansa, har bir noqonuniy xodim uchun yuridik shaxsga 400 000 dan 1 000 000 rublgacha jarima belgilanishi mumkin.

03.10.20269