SOS
Deportatsiya

Rossiya fuqaroligidan mahrum bo'lgan 5 ming kishi: asosiy sabab va qoidalar

Rossiya fuqaroligidan mahrum bo'lgan 5 ming kishi: asosiy sabab va qoidalar

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev Federatsiya Kengashidagi chiqishida so'nggi uch yil ichida 5 ming nafar sobiq xorijiy fuqaroning Rossiya fuqaroligi bekor qilinganini ma'lum qildi. Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, ushbu qarorga asosan Rossiya hududida jinoyat sodir etganlik holatlari sabab bo'lgan.

Shuningdek, rasmiy statistika 2025-yilda Rossiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomalarini (RVP) bekor qilish holatlari 5 baravarga, yashash guvohnomalarini (VNJ) bekor qilish esa 18 baravarga oshganini ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, yashash guvohnomasini berishni rad etish holatlari 13 baravarga ko'paygan, xorijliklarning Rossiya fuqaroligini qabul qilish ko'rsatkichi esa uchdan bir qismga kamaygan.

IIV rahbari ushbu o'zgarishlarni Rossiya jamiyatiga integratsiyalashish niyati bo'lmagan shaxslarni aniqlash hamda migratsiya qonunchiligini takomillashtirish bilan izohladi. Hozirgi kunda Rossiya hududida taxminan 6,5 million nafar xorijiy fuqaro istiqomat qilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2026-yilning dastlabki to'qqiz oyi davomida xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 39,5 foizga kamaygani qayd etilgan. Shunga qaramay, migratsiya siyosatini kuchaytirish va xorijliklarning hududlarda to'planishi (anklavlar) oldini olish bo'yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqilgan.

10.11.20267