Rossiya IIVning Mordoviya Respublikasi bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan 11-noyabr kuni Qozon xalqaro aeroporti orqali jinoyat sodir etgan xorijliklar deportatsiya qilindi. 1983 va 1990-yillarda tug'ilgan shaxslar giyohvand moddalarni noqonuniy sotish hamda hokimiyat vakilini haqorat qilish aybi bilan 4,5 yildan 11 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tagan.
Jazo muddati tugagach, ushbu shaxslarning Rossiya hududida bo'lishi istalmagan deb topildi. Ular deportatsiya jarayoni amalga oshirilgunga qadar xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida ushlab turildi. Davlat chegarasini kesib o'tganlaridan so'ng, ularga nisbatan Rossiyaga kirishni uzoq muddatga taqiqlash to'g'risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, 13-noyabr kuni Mordoviya Respublikasi sud ijrochilari xizmati xodimlari ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan yana 3 nafar xorijiy fuqaroni mamlakatdan chiqarib yubordi. 2000, 2002 va 2005-yillarda tug'ilgan ushbu shaxslar Rossiya hududida bo'lish tartibini buzganlik hamda ma'muriy jazoni ijro etishdan bo'yin tovlaganlikda aybdor deb topilgan.
Ushbu shaxslar ham ma'muriy javobgarlikka tortilib, chiqarib yuborilgunga qadar vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan edi. Ularga nisbatan ham Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishni uzoq muddatga taqiqlash choralari ko'rildi. Politsiya xodimlari migratsiya qonunchiligi ustidan nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda.









