SOS
Deportatsiya

Ryazan viloyatida jazo muddatini o‘tagan besh nafar xorijlik deportatsiya qilindi

Ryazan viloyatida jazo muddatini o‘tagan besh nafar xorijlik deportatsiya qilindi

Ryazan viloyatida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan besh nafar xorijlik fuqaro Rossiya hududidan chiqarib yuborildi. Ular turli huquqbuzarliklar, jumladan, og‘ir tan jarohati yetkazish, hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘g‘rilik sodir etganlik uchun sudlangan edi. Shuningdek, guruh tarkibida migratsiya qoidalarini buzgan shaxslar ham bo‘lgan.

Sud hukmi ijro etilgach, huquq-tartibot organlari xodimlari va sud ijrochilari ushbu shaxslarni Moskvadagi "Domodedovo" xalqaro aeroportiga kuzatib qo‘yishdi. Deportatsiya qilingan shaxslar vataniga o‘z hisoblaridan uchib ketishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqlangan. Belgilangan tartibga ko‘ra, ularning Rossiyaga qayta kirishi kamida 5 yil, ko‘pi bilan 10 yil muddatga cheklangan.

16.08.20260