SOS
Deportatsiya

Samarada 15 nafar migrant qonunbuzarlik uchun javobgarlikka tortildi

Samarada 15 nafar migrant qonunbuzarlik uchun javobgarlikka tortildi

Samara viloyati IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan reydlar natijasida migratsiya qonunchiligini buzish bilan bog'liq 15 ta holat qayd etildi. Tekshiruvlar asosan qurilish obyektlari va ishlab chiqarish sexlarida amalga oshirildi.

Aniqlanishicha, 11 nafar xorijlik fuqaro mehnat shartnomasi tuzmasdan noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullangan. Shuningdek, Rossiya hududida qolish qoidalarini buzgan va tegishli hujjatlarsiz ishlagan yana 4 nafar xorijlik fuqaro aniqlandi.

Qonunbuzarlik sodir etgan ushbu 4 nafar shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.10-moddasi 1-qismi hamda 18.8-moddasi 1.1-qismi bo'yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Sud qaroriga ko'ra, ularni Rossiya Federatsiyasi hududidan majburiy chiqarib yuborish (deportatsiya) choralari ko'rilmoqda.

Bundan tashqari, huquq-tartibot organlari tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish holati bo'yicha ham tekshiruv materiallari to'plandi. Migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha reydlar davom ettirilmoqda.

11.11.20265