Saratov shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ikki yo'lovchi avtobusi to'xtatildi. Mazkur transport vositalari “Ozinki” xalqaro nazorat-o'tkazish punkti yo'nalishida tranzit tarzida harakatlanayotgan bo'lgan. Avtobuslarda jami 110 nafar xorij fuqarosi bo'lgan.
Saratov viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, tekshiruv jarayonida 50 nafar xorijlik Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bo'lib turgani aniqlangan. Ushbu shaxslarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularga jarima belgilandi va mamlakatdan majburiy chiqarib yuborish choralari ko'rilmoqda.
Shuningdek, noqonuniy migrantlarni tashish bilan shug'ullangan ikki nafar haydovchi ham ma'muriy javobgarlikka tortildi va jarimaga qilindi. Migratsiya qoidalariga rioya qilmaslik va noqonuniy tashish xizmatlaridan foydalanish jiddiy huquqiy oqibatlarga, jumladan, Rossiyadan deportatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin.









