SOS
Deportatsiya

Saratovda firibgarlik qilgan migrant Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi

Saratovda firibgarlik qilgan migrant Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi

Saratov shahrida o'zini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimi deb tanishtirib, mahalliy tadbirkorlardan pul talab qilgan migrant Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi. Ushbu qaror huquq-tartibot organlari tomonidan firibgarlik holati aniqlanganidan so'ng qabul qilindi.

Ma'lum bo'lishicha, fuqarolikdan mahrum etish to'g'risidagi qaror aynan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qabul qilingan. Firibgarlik bilan shug'ullangan shaxs qilmishi uchun qonuniy javobgarlikka tortilgan.

Sud hukmiga ko'ra, ayblanuvchi dastlab jazo muddatini o'taydi. Jazoni o'tab bo'lganidan so'ng, ya'ni 2 yildan keyin uni Rossiya hududidan chiqarib yuborish va vataniga deportatsiya qilish rejalashtirilgan.

24.09.20262