SOS
Deportatsiya

Udmurtiyada taqiqlangan moddalar iste'mol qilgan O'zbekiston fuqarolari deportatsiya qilindi

Udmurtiyada taqiqlangan moddalar iste'mol qilgan O'zbekiston fuqarolari deportatsiya qilindi

O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi shifokor ko‘rsatmasisiz giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilgani uchun (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 6.9-moddasi) Udmurtiyadan deportatsiya qilindi.

Bu haqda respublika bo‘yicha Federal sud ijrochilari xizmati boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Chet el fuqarolari Rossiyaga migratsiya kartalari orqali kelishgan va ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirishayotgan bo‘lgan, biroq majburiy tibbiy ko‘rik paytida ularda giyohvandlik moddalari aniqlangan. Migrantlar jarimaga tortilib, mamlakat hududidan badarg‘a qilingan.

Dastlab ular Ijevsk shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lishgan, shundan so‘ng ular Qozon aeroportigacha kuzatib qo‘yilgan. U yerdan ular o‘z vatanlariga uchib ketishgan.

09.11.20264