SOS
Hujjatlar

900 ming nafar o'zbekistonlik migrant Rossiyada patent asosida ishlamoqda

900 ming nafar o'zbekistonlik migrant Rossiyada patent asosida ishlamoqda

Rossiyada mehnat patenti asosida ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari soni 900 ming nafarni tashkil etadi. Bu haqda O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori o'rinbosari Elyor Toshtemirov ma'lum qildi.

Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida Toshkentdagi Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN) vakolatxonasida rus tili, tarix va Rossiya qonunchiligi bo'yicha test sinovlarini topshirish imkoniyati joriy etilgan.

Shuningdek, kelgusida tibbiy ko'rik, barmoq izlarini olish va suratga tushirish jarayonlarini O'zbekiston hududiga ko'chirish rejalashtirilmoqda. Ushbu yangilik migrantlarga Rossiyaga yetib borganidan so'ng faqat patentni olish va ish boshlash imkonini beradi.

Mazkur tashabbus mehnat migrantlari uchun hujjat rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish hamda Rossiya hududida majburiy jarayonlarga ketadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan. Hozirgi kunda shunga o'xshash xizmatlar Tojikiston fuqarolari uchun Dushanbe shahrida ham mavjud.

16.10.20261