Moskva shahrida 2026-yilning avgust oyi uchun vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) olish maqsadida kvota ajratilgan xorijiy fuqarolarning ro‘yxati e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ro‘yxatdan jami 15 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) xorijliklarga mamlakatda qonuniy yashash va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi. Kvota asosida hujjat topshirish jarayoni qat’iy belgilangan tartib va muddatlar doirasida amalga oshiriladi.









