SOS
Hujjatlar

Rossiya patenti uchun til sertifikatini O‘zbekistonda olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda

Rossiya patenti uchun til sertifikatini O‘zbekistonda olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda

O‘zbekistonning to‘rt hududida – Toshkent, Andijon, Samarqand va Jizzax shaharlarida rus tili bo‘yicha imtihon olish uchun maxsus maydonchalar tashkil etildi. Ushbu markazlar migrantlarga Rossiyada ishlash uchun zarur bo‘lgan til sertifikatini olish imkonini beradi.

Migratsiya agentligi vakilining ma’lum qilishicha, ayni damda O‘zbekiston tomoni Rossiya Federatsiyasi tomonidan ushbu markazlarning sertifikat berish vakolatiga ega tashkilotlar ro‘yxatiga rasman kiritilishini kutmoqda. Ushbu jarayonni tezlashtirish masalasi yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat delegatsiyalari uchrashuvida ham muhokama qilingan.

Ushbu markazlarning ishga tushirilishi Rossiyaga ishlash uchun ketishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratishi kutilmoqda.

04.09.202645