SOS
Hujjatlar

Patent bekor qilingan migrantlar nega bir yil davomida yangisini ololmaydi?

Patent bekor qilingan migrantlar nega bir yil davomida yangisini ololmaydi?

Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun patent olgan chet el fuqarolari qonunchilikda belgilangan muhim majburiyatni unutmasliklari kerak. Agar patent olingan kundan boshlab ikki oy ichida Rossiya IIVga ish faoliyati to‘g‘risida xabarnoma (uvedomlenie) taqdim etilmasa, patent avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Ko‘pchilik migrantlar patent uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lsa-da, xabarnoma topshirmagani uchun hujjat bekor qilinishi mumkinligidan bexabar qolishadi. "Rossiya Federatsiyasidagi chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida"gi 115-sonli Federal qonunning 13.3-moddasiga ko‘ra, ushbu talabni bajarmaslik jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Agar patent yuqoridagi sababga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, chet el fuqarosi yangi patent olish uchun hujjatlarni faqat bir yil o‘tgachgina topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu cheklov patent uchun to‘lovlar to‘langan taqdirda ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

Shu sababli, ish topgan yoki topmaganidan qat’iy nazar, patent egalari belgilangan ikki oylik muddat ichida o‘zlarining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi xabarnomani tegishli organlarga taqdim etishlari shart. Bu qoidaga rioya qilmaslik Rossiyada qonuniy ishlash imkoniyatini uzoq muddatga yo‘qotishga sabab bo‘lishi mumkin.

04.09.202632