SOS
Hujjatlar

FSB Tyumenda soxta shartnomalar tuzgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi

FSB Tyumenda soxta shartnomalar tuzgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Tyumen shahrida noqonuniy migratsiya kanaliga chek qo'ydi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, jinoiy guruh a'zolari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan biri fuqarosi xorijliklarga Rossiyada qolish muddatini uzaytirish uchun soxta ish shartnomalarini rasmiylashtirib bergan.

Qoidabuzarlar chet el fuqarolari bilan haqiqiy ishga joylashish niyati bo'lmagan holda soxta shartnomalar tuzishgan. Bu hujjatlar migrantlarga Rossiya hududida qonuniy asosda vaqtinchalik yashash muddatini uzaytirish imkonini bergan. Buning evaziga olingan mablag'lar guruh a'zolari o'rtasida taqsimlangan.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “Uyushgan guruh tomonidan tashkil etilgan noqonuniy migratsiya” moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Ayblanuvchilarga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish va 5 million rublgacha jarima jazosi tayinlanishi mumkin.

03.09.20265