SOS
Hujjatlar

ID-karta va xorijga chiqish pasporti narxlari hamda jarimalari miqdori oʻzgardi

ID-karta va xorijga chiqish pasporti narxlari hamda jarimalari miqdori oʻzgardi

Oʻzbekistonda asosiy shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblangan ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish toʻlovlari hamda ularga oid jarimalar miqdori yangilandi.

Endilikda Oʻzbekistonda ID-karta olish uchun toʻlov miqdori 391 600 soʻmni, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish toʻlovi esa 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun 352 000 soʻmni hamda 16 yoshdan kattalar uchun 440 000 soʻmni tashkil etadi.

Hujjatlarga belgilangan jarimalar tizimida ham oʻzgarishlar mavjud boʻlib, agarda siz xorijga chiqish biometrik pasportingizni amal qilish muddati tugaganidan soʻng bir oy ichida yangisiga almashtirmasangiz, bazaviy hisoblash miqdorining ikkinchidan bir qismi, yaʼni 220 000 soʻm miqdorida jarimaga tortilasiz. Shuningdek, ID-kartangizni yoki xorijga chiqish pasportingizni yoʻqotib qoʻysangiz yoxud ularni yaroqsiz holatga keltirsangiz, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, yaʼni 440 000 soʻm miqdorida jarima toʻlashingizga toʻgʻri keladi.

Shuning uchun barcha fuqarolardan ortiqcha ovoragarchilik va xarajatlarning oldini olish maqsadida oʻz hujjatlarining amal qilish muddatini va butunligini doimiy nazorat qilib borishlari soʻraladi.

09.09.202611