SOS
Hujjatlar

Latviya O'zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to'xtatishi mumkin

Latviya O'zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to'xtatishi mumkin

Latviya Ichki ishlar vazirligi O'zbekiston fuqarolariga viza berish jarayonini vaqtincha to'xtatib turishni taklif qildi. Vazirlik ushbu chorani mamlakatga kelgan ayrim O'zbekiston fuqarolari tomonidan, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar bilan izohlamoqda.

Ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava 29-sentyabr kuni bo'lib o'tgan hukumat yig'ilishida mazkur taklifni ilgari surdi. Vazirlikning ta'kidlashicha, viza berishni to'xtatib turish davrida O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik o'rnatilib, jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan shaxslarning mamlakatga kirib kelishining oldini olish choralari ko'rib chiqiladi.

Biroq, 29-sentyabr kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda koalitsion hamkorlar ushbu masalani hukumat majlisi kun tartibiga kiritishni qo'llab-quvvatlamadi. Shunga qaramay, Latviya Ichki ishlar vazirligi mazkur tashabbus kelgusi hukumat majlislaridan birida qayta ko'rib chiqilishiga umid qilmoqda.

Shu bilan birga, 22-sentyabrda Latviya hukumati migratsiyani cheklash bo'yicha kompleks rejani ma'qullagan edi. 15-sentyabrdan kuchga kirgan yangi Immigratsiya qonuniga ko'ra, vizalar va yashash ruxsatnomalarini berishda xavfsizlik talablari kuchaytirilgan hamda mamlakatga kirishdan oldingi nazorat choralari kengaytirilgan.

05.10.20262