Tashrif maqsadini "Ish"dan "O'qish"ga o'zgartirish uchun Rossiya Federatsiyasi hududini tark etish va qayta kirib kelish orqali yangi migratsiya kartasini rasmiylashtirish talab etiladi.
Amaldagi qoidalarga ko'ra, Rossiyadan chiqib ketmasdan turib tashrif maqsadini faqat "Ish" maqsadiga o'zgartirish imkoniyati mavjud. Bunda xorijlik fuqaro mamlakatga kirib kelganidan so'ng 30 kun ichida patent olish uchun hujjat topshirishi kerak. Ushbu jarayonda bazadagi tashrif maqsadi avtomatik ravishda "Ish" maqsadiga o'zgartiriladi.
Boshqa maqsadlarni, xususan o'qish yoki boshqa faoliyat turlarini rasmiylashtirish uchun belgilangan tartibda davlat chegarasidan o'tib, yangi migratsiya kartasini olish majburiy hisoblanadi. Migrantlar qonunchilikdagi bu farqni inobatga olgan holda hujjatlarini to'g'ri rasmiylashtirishlari tavsiya etiladi.









