SOS
Hujjatlar

Migratsiya markazi dam olish kunlari ham ishlaydi: hujjatlarni qanday topshirish mumkin?

Migratsiya markazi dam olish kunlari ham ishlaydi: hujjatlarni qanday topshirish mumkin?

Moskvadagi migratsiya markazi o'z faoliyatini dam olish kunlarisiz, ya'ni shanba va yakshanba kunlari ham davom ettirayotganini ma'lum qildi. Bu o'zgarish ish bilan band bo'lgan migrantlarga haftaning istalgan kunida o'z hujjatlarini tartibga solish imkonini beradi.

Dam olish kunlari markazda patent olish yoki uni qayta rasmiylashtirish, tayyor patentni olib ketish, tibbiy ko'rikdan o'tish hamda imtihon topshirish kabi xizmatlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP), yashash guvohnomasi (VNJ) yoki fuqarolik uchun hujjatlarni topshirish hamda tegishli navbat talonlarini olish imkoniyati mavjud.

Patent rasmiylashtirish uchun hujjatlarni topshirish soat 08:00 dan 12:00 gacha oldindan yozilish asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish to'g'risidagi bildirishnomalarni ham oldindan yozilish orqali topshirish mumkin.

Markaz ma'muriyati navbatlarda kutib qolmaslik uchun tashrifni kunning ikkinchi yarmiga rejalashtirishni tavsiya qilmoqda. Qo'shimcha ma'lumotlar va xizmatlardan foydalanish tartibi bilan "Amina" ilovasi orqali tanishib borish mumkin.

05.09.20265