SOS
Hujjatlar

Permda 5 nafar xorijlikning o'qish hujjatlari qalbakilashtirildi — oqibati nima bo'ladi?

Permda 5 nafar xorijlikning o'qish hujjatlari qalbakilashtirildi — oqibati nima bo'ladi?

Perm o'lkasida kollej xodimlaridan biri xorijliklarning Rossiyada noqonuniy bo'lishini tashkil etishda ayblanib, hibsga olindi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 46 yoshli o'qituvchi 2021-yildan 2025-yilga qadar bo'lgan davrda o'quv yurtining rasmiy hujjatlariga kamida 5 nafar xorijlik talaba haqida yolg'on ma'lumotlar kiritgan.

Aniqlanishicha, ushbu xorijiy fuqarolar darslarga qatnashmagan, amaliyotlarni o'tamagan va imtihonlarni topshirmagan. Shunga qaramay, ularning hujjatlariga muvaffaqiyatli baholar qo'yilib, o'qishni davom ettirayotgani ko'rsatilgan. Aslida, bu shaxslar o'qishdan chetlashtirilishi va Rossiya hududida qonuniy bo'lish huquqidan mahrum etilishi kerak bo'lgan.

Rossiya Tergov qo'mitasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 3-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchining yashash joyi va kollejda tintuvlar o'tkazilib, hujjatlar hamda elektron axborot tashuvchilar ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilgan.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organlari ushbu noqonuniy sxemaga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo'yicha tergov harakatlarini davom ettirmoqda. Ayblanuvchi sud qarori bilan vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

13.10.20261