SOS
Hujjatlar

“Qizil karta”siz “Amina” ilovasidan ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmaydi!

“Qizil karta”siz “Amina” ilovasidan ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmaydi!

1-sentabrdan e’tiboran Moskva shahriga kelayotgan xorijlik fuqarolar uchun migratsiya hisobiga turish tartibida yangi qoida kuchga kirdi. Endilikda shaharda bo‘lib turgan barcha chet el fuqarolari “Amina” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Ushbu talab nafaqat mehnat migrantlari, balki 90 kundan ortiq muddatga kelgan talabalar, qarindoshlarini ko‘rish uchun tashrif buyurganlar hamda Rossiya fuqaroligi yoki yashash guvohnomasiga (VNJ) ega shaxslarning oila a’zolariga ham taalluqlidir.

Ilovada ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijlik fuqaroga tegishli maxsus “qizil karta” talab etiladi. Ushbu kartani olish uchun Saxarovodagi ko‘p tarmoqli migratsiya markaziga murojaat qilish lozim. Markazga tashrif buyurishdan avval uning rasmiy sayti orqali onlayn navbat olish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu tizim faqat mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun majburiy bo‘lgan bo‘lsa, endilikda u barcha toifadagi xorijliklarga nisbatan tatbiq etilmoqda.

01.09.202612