SOS
Hujjatlar

Rossiyada 10 942 kishi soxta hujjatlar sabab sudlandi

Rossiyada 10 942 kishi soxta hujjatlar sabab sudlandi

Rossiya IIV ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yildan 2025-yilga qadar hujjatlarni qalbakilashtirish, tarqatish va ulardan foydalanish bilan bog'liq jinoyatlar soni 397 tadan 1739 tagacha, ya'ni 338 foizga ko'paygan. 2025-yilda mazkur modda bo'yicha jami 10 942 nafar shaxs sud hukmi bilan jazolangan.

Smart Engines va Intellect tahliliy hisobotiga ko'ra, eng ko'p soxtalashtirilgan hujjatlar ro'yxatida haydovchilik guvohnomalari yetakchilik qilmoqda — ular aniqlangan barcha soxta hujjatlarning 41 foizini tashkil etadi. Ko'pincha bu hujjatlar avval haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan sotib olinadi.

Shuningdek, MDH davlatlari pasportlari va yashash uchun ruxsatnomalar (VNJ) ham soxtalashtirish bo'yicha yuqori ulushga ega bo'lib, ular jami holatlarning 18 foizini tashkil qiladi. Bir yil ichida ushbu toifadagi soxta hujjatlar soni 41 foizga oshgan. Rossiya fuqarolarining pasportlari esa 16 foizni tashkil etadi.

Ekspertlar sun'iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi soxta hujjatlar bozorini kengaytirayotganini ta'kidlamoqda. Uning yordamida hujjatlardagi ma'lumotlar, fotosuratlar va muhrlarni o'zgartirish osonlashgan. 2025-yilda soxta shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar noqonuniy bozorining hajmi 2,6 milliard rublga baholangan.

Mutaxassislar hujjatlarni tekshirishda faqat vizual ko'rinishga emas, balki ulardagi himoya elementlari va ma'lumotlarning haqiqiyligiga alohida e'tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Soxta hujjatlardan foydalanish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishini yodda tutish lozim.

13.10.20261