SOS
Hujjatlar

Rossiyada migrantlar daromadi yetarli bo'lmasa, patent bekor qilinadi

Rossiyada migrantlar daromadi yetarli bo'lmasa, patent bekor qilinadi

Rossiyada xorijlik ishchilarning daromadi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. 1-oktyabrdan boshlab Soliq xizmati yagona elektron aloqa tizimi orqali migrantlarning topgan daromadlari haqidagi ma'lumotlarni Rossiya Ichki ishlar vazirligiga taqdim etishni boshladi.

Endilikda mamlakatda qonuniy yashash va ishlash uchun rasmiy daromad miqdori hududiy koeffitsiyent va oila tarkibini hisobga olgan holda belgilangan darajadan kam bo'lmasligi shart. Agar migrantning daromadi ushbu belgilangan summadan kam bo'lsa, uning ishlash uchun ruxsatnomasi yoki patenti bekor qilinadi.

Qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda, migrant Rossiyada ishlash huquqini faqat bir yil o'tgachgina qaytadan olishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, migrantlar o'zi bilan birga yashaydigan, lekin ishlamaydigan har bir oila a'zosi, shu jumladan turmush o'rtog'i va farzandlari uchun patent narxining 50 foizi miqdorida qo'shimcha to'lovni amalga oshirishi talab etiladi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, soliq xizmati xorijliklarning o'z yaqinlarini ta'minlash imkoniyatini aniqlash uchun ularning haqiqiy maoshlarini sinchkovlik bilan tekshiradi. Shuningdek, mamlakatda qolish huquqini mehnat shartnomasiga qat'iy bog'lash taklif etilmoqda, ya'ni shartnoma muddati tugashi bilan ishchi yangi ish izlamasdan, darhol o'z yurtiga qaytib ketishi lozim bo'ladi.

05.10.20261