SOS
Hujjatlar

Rossiyada migrantlar eng ko'p yo'l qo'yadigan qoidabuzarliklar va jarimalar oshishi

Rossiyada migrantlar eng ko'p yo'l qo'yadigan qoidabuzarliklar va jarimalar oshishi

2026-yilda Rossiyada bo'lib turgan xorijlik fuqarolar orasida eng ko'p qayd etilayotgan qoidabuzarliklar ro'yxati e'lon qilindi. Asosiy muammolar qatorida vaqtinchalik ro'yxatdan o'tishning yo'qligi yoki uning muddati o'tib ketishi (18.8-modda, 1-qism) hamda Rossiyada bo'lish muddatini buzish yoki tegishli hujjatlarning mavjud emasligi (18.8-modda, 1.1-qism) turibdi. Ushbu qoidabuzarliklar uchun 2 000 dan 7 000 rublgacha jarima, ayrim hollarda esa mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi qo'llaniladi.

Shuningdek, patentga ega bo'lmasdan ishlash, patentda ko'rsatilmagan kasbda yoki boshqa hududda ishlash (18.10-modda) ham ko'p uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi. Bunda 2 000 dan 7 000 rublgacha jarima va mamlakatdan chiqarib yuborish xavfi mavjud. Agar migrant Rossiyaga kirgandan so'ng 30 kun ichida patent uchun hujjat topshirmasa (18.20-modda), u 10 000 dan 15 000 rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

2026-yil 3-noyabrdan boshlab jarimalar miqdori oshiriladi. Xususan, 18.8 va 18.10-moddalar bo'yicha eng kam jarima miqdori 2 000 rubldan 4 000 rublga ko'tariladi. Moskva, Sankt-Peterburg va ularning viloyatlarida 18.8-modda bo'yicha qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori 7 000 dan 9 000 rublgacha etib belgilandi.

Mutaxassislar eslatishicha, bir yil davomida ikki marta ma'muriy jarimaga tortilish vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasini (VNZh) olishda rad javobini olishga sabab bo'lishi mumkin. Migrantlarga o'z hujjatlari muddatini va qonunchilik talablarini doimiy nazoratda saqlash tavsiya etiladi.

23.10.20261