SOS
Hujjatlar

Rossiyada noqonuniy ro'yxatdan o'tgan 3 nafar o'zbekistonlik migrant tekshirilmoqda

Rossiyada noqonuniy ro'yxatdan o'tgan 3 nafar o'zbekistonlik migrant tekshirilmoqda

Rossiya IIVning Krasnodar o'lkasi bo'yicha boshqarmasi xabariga ko'ra, Slavyansk tumanida noqonuniy migratsiyani tashkil etish holati aniqlandi. 74 yoshli mahalliy fuqaro o'z uyida xorijliklarga yashash uchun sharoit yaratib bergani uchun gumonlanuvchi deb topilgan.

Aniqlanishicha, 2026-yilning iyunidan oktyabr oyiga qadar bo'lgan davrda ushbu ayol pul evaziga O'zbekistondan kelgan 3 nafar fuqaroni o'z uyida yashashga ruxsat bergan. Uyda ovqat tayyorlash, elektr energiyasi va boshqa maishiy ehtiyojlar uchun zarur sharoitlar mavjud bo'lgan.

Rossiya IIVning Slavyansk tumani bo'yicha bo'limi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Ushbu modda bo'yicha aybdor deb topilgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ushbu holat migrantlar uchun ham muhim ahamiyatga ega, chunki noqonuniy ro'yxatdan o'tish yoki yashash joyi bo'yicha soxta hujjatlardan foydalanish huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Migrantlarga doimiy ravishda rasmiy va qonuniy hujjatlar asosida ro'yxatdan o'tish tavsiya etiladi.

19.10.20263