SOS
Hujjatlar

Rossiyada vaqtinchalik yashash kvotasini olish uchun qanday talablar mavjud?

Rossiyada vaqtinchalik yashash kvotasini olish uchun qanday talablar mavjud?

Rossiya IIVning Arxangelsk viloyati bo‘yicha boshqarmasida xorijiy fuqarolarga vaqtinchalik yashash (RVP) uchun kvotalar ajratish masalalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda kelib tushgan arizalar ko‘rib chiqilib, kvota olishga da’vogar bo‘lgan shaxslarning hujjatlari tahlil qilindi.

Kvota olish uchun ariza topshirgan nomzodlarning hujjatlari maxsus komissiya tomonidan ovoz berish yo‘li bilan ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor xorijiy fuqaroning Rossiya hududida oxirgi 3 yil davomida har yili kamida 6 oy rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani va sug‘urta badallarini to‘laganiga qaratiladi.

Shuningdek, komissiya qaror qabul qilishda quyidagi omillarni hisobga oladi: nomzodning mintaqa mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisligi, ish tajribasi, Rossiya fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshlarining mavjudligi, shaxsiy uy-joy, qonuniy daromad manbai hamda sudlanmaganlik va ma’muriy javobgarlikka tortilmaganlik holatlari.

Ma’lumot uchun, Arxangelsk viloyati uchun 2026-yilga belgilangan umumiy kvota 25 tani tashkil etadi. Hozirgi kunda taqsimlanmagan kvotalar soni 22 tani tashkil etmoqda. Kvota olishni rejalashtirayotgan migrantlar yuqoridagi talablarga mos kelishini oldindan tekshirib olishlari tavsiya etiladi.

05.09.20261