SOS
Hujjatlar

Rossiyadagi migrantlar uchun muhim ishonch telefonlari: qaysi muammolarda qayerga murojaat qilish kerak?

Rossiyadagi migrantlar uchun muhim ishonch telefonlari: qaysi muammolarda qayerga murojaat qilish kerak?

Rossiyada faoliyat yuritayotgan xorijlik fuqarolar duch keladigan qiyinchiliklar va yuzaga kelgan savollarga tezkor yechim topish maqsadida bir qator rasmiy ishonch telefonlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu raqamlar orqali migrantlar o'z huquqlarini himoya qilish va zarur axborotlarni olish imkoniyatiga ega.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo'yicha Bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishonch telefoni (+7 (495) 694-92-29) kunu tun, ya'ni 24/7 rejimida ishlaydi. Shuningdek, Moskva hukumati yagona axborot xizmati (+7 (495) 777-77-77) orqali ishlash uchun ruxsatnoma, vaqtincha yashash (RVP) va doimiy yashash (VNJ) ruxsatnomalari holatini tekshirish, hamda davlat xizmatlari bo'yicha maslahatlar olish mumkin.

Mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida Mehnat inspeksiyasining butun mamlakat bo'ylab bepul ishlaydigan 8-800-707-88-41 raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ushbu xizmat, xususan, ish haqining kechikishi bilan bog'liq masalalarni hal etishda yordam beradi. Bundan tashqari, migrantlar uchun maxsus tashkil etilgan +7 (495) 539-25-20 raqamli koll-markaz ham doimiy aloqada.

Mutaxassislar ushbu raqamlarni saqlab qo'yishni va zarurat tug'ilganda ulardan foydalanishni maslahat berishadi. Bu ma'lumotlar huquqiy savodxonlikni oshirish va kutilmagan vaziyatlarda to'g'ri harakat qilishga xizmat qiladi.

07.09.20269