SOS
Hujjatlar

Rostovda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun patent olish tartibi yengillashishi mumkin

Rostovda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun patent olish tartibi yengillashishi mumkin

O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaning Rostov viloyatiga qilgan tashrifi doirasida mehnat migratsiyasi sohasidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, mintaqada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mehnat patentlarini rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Rossiya IIVning Rostov viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi bilan alohida ishchi yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu yig‘ilishda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun patent olish jarayonini yengillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Rostov viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar migrantlar mehnat qilayotgan korxona va obyektlarga birgalikda monitoring tashriflarini uyushtirishga kelishib oldilar. Bu chora-tadbirlar vatandoshlarimizning mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini ta’minlash va ularga huquqiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Safar davomida viloyatdagi korxonalardan birida mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda vatandoshlarimizga migratsiya qonunchiligi, konsullik-huquqiy himoya masalalari bo‘yicha tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

04.09.202610