Rossiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ)ga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar uchun tibbiy ko'rikdan o'tish tartibi yuzasidan savollar yuzaga kelmoqda. Rossiya IIV ushbu masala bo'yicha rasmiy tushuntirish berdi.
Idora ma'lumotlariga ko'ra, RVP yoki VNJ hujjatlariga ega bo'lgan chet el fuqarolari har yili tibbiy ko'rikdan o'tishlari talab etilmaydi. Ushbu tartib faqat hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish jarayonida bir marta amalga oshiriladi.
Shu tariqa, yuqoridagi ruxsatnomalarga ega migrantlar har yili qayta tibbiy tekshiruvdan o'tish majburiyatidan ozod etilgan. Ushbu qoida hujjatlarning amal qilish muddati davomida o'z kuchida qoladi.









