Tatariston Respublikasi IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi xabar qilishicha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, 2026-yil 2-sentabr kuni vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) olish uchun kvota ajratish bo'yicha arizalar qabul qilinadi.
Ushbu jarayon faqat Qozon shahrida migratsiya hisobida turgan shaxslar uchun amal qiladi. Qabul jarayoni 2026-yil 2-sentabr kuni soat 08:00 dan 15:00 gacha davom etadi. Murojaatchilar Qozon shahri, M. Milya ko'chasi, 63A manziliga tashrif buyurishlari lozim.
Eslatib o'tamiz, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi uchun kvota olish jarayoni ma'lum bir tartib va hujjatlar talab qiladi. Fuqarolardan belgilangan muddatga kechikmasdan yetib kelish va barcha zarur hujjatlarni tayyorlab olish so'raladi.









