Turkiyaning Mugʻla viloyati Milas tumanida dabdabali toʻydan keyin gʻayrioddiy mojaro kelib chiqdi. Maʼlum qilinishicha, uch kunlik toʻy tantanalaridan soʻng kelin oʻzi bilan taqib yurgan tilla va taqinchoqlarni olib gʻoyib boʻlgan, ularning qiymati 4–5 million liraga baholanmoqda.
Kuyovning yaqinlari kelin va tillalarning yoʻqligini payqab, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishgan. Tergov doirasida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan kelin qoʻlga olindi, biroq u oʻzini aybdor deb hisoblamasligini maʼlum qildi.
Kelining soʻzlariga koʻra, u onasining uyiga ketgan hamda oʻzi bilan faqat 20 ta choraklik oltin tanga va 226 ming lira olgan. Uning yashash joyida oʻtkazilgan tintuvga qaramay, yoʻqolgan deb daʼvo qilinayotgan boshqa qimmatbaho buyumlar topilmadi.
Hozirgi vaqtda 4–5 million liraga baholanayotgan tilla va taqinchoqlarning qayerda ekanligi nomaʼlumligicha qolmoqda. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.









