Ussuriysk tuman sudi 2025-yil mart oyida sodir etilgan o'g'rilik bo'yicha 3 nafar xorijlik fuqaroga nisbatan hukm chiqardi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, ayblanuvchilar omborxona qulfini buzib kirib, ichida 4 million rubldan ortiq mablag' bo'lgan seyfni o'g'irlab ketishgan. Jinoyatda qatnashgan uchinchi shaxs esa ularni avtomobilda kutib turgan.
Rossiya IIVning Ussuriysk shahri bo'yicha bo'limi xodimlari tezkor qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchilarni qo'lga oldi. Tintuv jarayonida o'g'irlangan pullarning bir qismi topilgan, qolgan qismini esa ayblanuvchilar sarflab ulgurgan. Ish Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi 4-qismi «b» bandi (o'ta yirik miqdordagi o'g'rilik) bo'yicha ko'rib chiqildi.
Sud qaroriga ko'ra, 20 va 22 yoshli ikki nafar sudlanuvchi 3 yil 6 oyga, 20 yoshli uchinchi shaxs esa 3 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada o'taydilar. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.
Politsiya ma'lumotiga ko'ra, jazo muddati tugaganidan so'ng, ushbu shaxslarning Rossiya hududida bo'lishi istalmagan deb topiladi va ular deportatsiya qilinadi. Qonunchilikka ko'ra, qonuniy asoslari tugagan xorijlik fuqarolar mamlakatdan majburiy tartibda chiqarib yuboriladi.








