SOS
Jinoyat

Moskvada yo‘lovchi haydovchining pulini o‘g‘irladi: xavfsizlik choralarini unutmang

Moskvada yo‘lovchi haydovchining pulini o‘g‘irladi: xavfsizlik choralarini unutmang

Moskvada yo‘lovchi muhojir taksi haydovchisining pulini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Hodisa xususiy taksi xizmatini ko‘rsatayotgan muhojir haydovchi va uning yo‘lovchilari o‘rtasida yuz bergan.

Manbalarga ko‘ra, yo‘lovchi haydovchining chalg‘iganidan foydalanib, uning yonida turgan pullarni olgan va orqa o‘rindiqdagi hamrohiga uzatgan. Haydovchi pul yo‘qolganini sezib, bunga e’tiroz bildirganda, yo‘lovchilar aybni tan olishmagan.

Shundan so‘ng, muhojir haydovchi mashinada videokamera borligini va agar pul hozir topilmasa, tasvirlarni tekshirishini aytgan. Qilmishlari fosh bo‘lishi va sharmanda bo‘lishlarini bilgan orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchi: «Pulingizni o‘zingiz qaytarib bergan edingiz-ku», deya aybni haydovchining o‘ziga to‘nkashga urinib, pullarni qaytarib bergan.

06.09.202617