SOS
Jinoyat

Astraxanda giyohvand moddalar savdosiga aralashgan xorijlik fuqaro qo'lga olindi

Astraxanda giyohvand moddalar savdosiga aralashgan xorijlik fuqaro qo'lga olindi

Astraxan shahri IIV xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 1989-yilda tug'ilgan xorijiy davlat fuqarosi qo'lga olindi. U giyohvandlik vositalarini katta miqdorda noqonuniy sotishga urinishda gumon qilinmoqda.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi Astraxanga tanishi bilan ko'rishish uchun kelgan. Tanishi unga giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanishni taklif qilgan. Taklifga rozi bo'lgan shaxs kuryer sifatida ishga kirishgan va unga 22 000 rubl miqdorida haq va'da qilingan.

Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, gumonlanuvchi 80 ta o'ramdan iborat giyohvand moddalar partiyasini topib, ulardan 41 tasini yashirin joylarga (zakladka) joylashtirgan. Qolgan qismini esa o'zi bilan olib yurgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari uning jinoiy harakatlariga chek qo'yishdi.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 228.1-moddasi 4-qismi «g» bandi va 30-moddasi 3-qismi (giyohvandlik vositalarini katta miqdorda noqonuniy sotishga urinish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

27.10.20260